O'zbekiston

Tonggi badantarbiyaning qanday foydalari bor?

Jismoniy mashqlar tana mushaklarini baquvvat, bo‘g‘imlarni harakatchan, qomatning to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi.

Tonggi badantarbiyaning qanday foydalari bor?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga ko‘ra, kamharakatlik oqibatida har yili dunyo bo‘yicha 5 million kishi hayotdan ko‘z yumadi. Ana shu raqamlarning o‘ziyoq sog‘lom turmush tarzi naqadar muhimligidan ogoh etadi.

 

Quyida tibbiyot fanlari doktori, professor Gavhar Tulaboyevaning foydali jismoniy mashqlar haqidagi tavsiya va xulosalari bilan tanishasiz.

 

Jismoniy mashqlar tana mushaklarini baquvvat, bo‘g‘imlarni harakatchan, qomatning to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi, — deydi mutaxassis. — Barchasi ertalabki badantarbiyadan boshlanadi. Bu jarayonda bajariladigan mashqlar organizmning biror aʼzosi yoki tizimiga emas, balki butun tanaga birdek ijobiy taʼsir etadi. Yaʼni ichki organlarda moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

 

Yana bir fakt: jismoniy harakat va mashqlar taʼsiri ostida to‘qimalarning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji 8-10 barobar ortadi. Shu bois qisqa emas, takroriy mashqlar organizmni sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, ushbu mashg‘ulotlar tizimli bajarilganda tana to‘qimalari oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi. Bunday harakatlar asab tizimiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Jumladan, badantarbiyadan so‘ng odamning ham jismoniy, ham aqliy faoliyati yaxshilanadi.

 

Insonning nafas harakatlari kechki uyqu mahali kunduzgiga nisbatan ancha sekinlashishi maʼlum. Badantarbiya chog‘ida bajariladigan nafas mashqlari esa o‘pkani yetarlicha toza havo bilan to‘yintiradi.

 

Qolaversa, jismoniy faollik organizmning kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini oshiradi, yurak va nafas olish tizimini mustahkamlab, ichak va buyrak faoliyatini yaxshilaydi. Suyak va bo‘g‘imlarning to‘g‘ri shakllanishi hamda mustahkamlanishiga yordam beradi. Tana vaznini meʼyorda ushlab, fikrlash va bilim olish qobiliyatini kuchaytiradi.

 

Mashqlar “oddiydan — murakkabga” tamoyili asosida, pog‘onama-pog‘ona bajariladi. Bunda organizmdagi barcha tizim va mushaklarning mutanosib ishtirok etishini taʼminlash lozim. Shunda biror tana aʼzosi ortiqcha zo‘riqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Badantarbiyadan oldin organizmni jismoniy chiniqtirish zurur. Bundan tashqari, piyoda  yurish va yugurish — jismoniy faol hayot kechirishning eng foydali usullaridan biri. Bunday mashg‘ulotlar oyoq mushaklarini mustahkamlab, qon aylanish va immun tizimini yaxshilaydi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Tonggi badantarbiyaning qanday foydalari bor? | Zamon.uz