Xitoyga “Saola” to‘foni yopirildi
Hozirda samolyot va poyezdlar harakati to‘xtatilgan.

Xitoyga «Saola» to‘foni yopirilgani tufayli parvozlar to‘xtatildi. Birgina Gonkongda bugunning o‘zida 460 ta reys bekor qilindi.
Hozirda 800 mingga yaqin aholi ko‘chirildi, 13 ta shaharda o‘quv davri boshlanishi qoldirilgan. Jamoat transportida uzilishlar mavjud. 4000 dan ortiq poyezdlar harakati to‘xtatilgan.
Meteorologlar kuchli suv toshqini ehtimolini istisno qilmayapti. «Saola» epitsentrida shamol tezligi soatiga 200 kilometrga yetadi. Bu to‘fon 1949 yildan beri Guangdongda sodir bo‘lgan eng kuchli beshta to‘fondan biri bo‘lishi mumkin. Bir qancha aholi punktlarida bo‘ron haqida ogohlantirish eʼlon qilindi.







