Andijonda ikkita avtomashina YTHga uchradi
Hodisa oqibatida haydovchi jarohatlangan.

Bugun, 4 sentyabr kuni Andijon shahrida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, holat soat 15:00 lar atrofida Bog‘ishamol dahasidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega A-373 avtomobil yo‘lida yuz bergan. 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.A. Matiz rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida svetaforning “qizil” ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi oqibatida o‘z yo‘nalishida kelib, orqaga qayrilib olmoqchi bo‘lgan Spark rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida Matiz avtomashina haydovchisi tan jarohati olib shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirda Andijon tumani IIB YHXG masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







