Buxoroda o‘ta og‘ir jinoyatlar ko‘paymoqda
7 oyda viloyatda salkam 3 mingta jinoyat qayd etilgan.

Buxoro viloyatida og‘ir jinoyat va o‘ta og‘ir jinoyatlar ortmoqda. Bu haqda “O‘zA” axborot agentligi xabar berdi.
2023 yilning 7 oyi mobaynida viloyatda jami 2 ming 683 ta jinoyat qayd etilib, o‘tgan yilga nisbatan 67 taga ko‘paygan. Jumladan, talonchilik 8 taga, tovlamachilik 6 taga, firibgarlik 9 taga, bezorilik 17 taga ortgan.
O‘tgan 7 oy mobaynida jami 819 ta og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar qayd etilib, o‘tgan yilga nisbatan 39 taga yoki 5 foizga oshgan.







