Buxoroda daraxtlar kesilib, tabiatga 50 mln zarar yetkazildi
Huquqbuzarga qanday chora ko‘rilgani maʼlum qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yo‘l qurilish ishlari olib borilayotganligi, qurilish davomida manzarali daraxtlar qo‘porib tashlanganligi haqida xabar tarqaldi.
Aniqlanishicha, G‘ijduvon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 4 tup manzarali daraxt qo‘porib tashlangan va tabiatga 50 million 325 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan korxona direktori E.F.ga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, huquqbuzar qo‘shimcha jazo tariqasida kesilgan daraxtlar o‘rniga jami 400 tup daraxt ekish va uni parvarishlash majburiyati yuklangan.
“Tegishli hujjatlar huquqbuzarga chora ko‘rish uchun sud organlariga yuborildi”, — deyiladi Ekologiya vazirligi xabarida.







