“Paxta hosili narxini kamaytirish kerak”
“O‘zto‘qimachiliksanoat” o‘tgan yilgi narx sabab klasterlar 6 trln zarar ko‘rganini maʼlum qildi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi klasterlar taklifini o‘rtaga tashlamoqda. Uyushma yurtimizda faoliyat yuritayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlari takliflarini o‘rganib chiqdi.
Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yilgi paxta hosili bo‘yicha jahon bozori bilan ichki bozordagi tola narxi o‘rtasida katta tafovut bo‘lgani oqibatida klasterlar 6 trillion so‘m (500 million dollarga yaqin) zarar ko‘rgan. 2022 yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda yetishtiriladigan o‘rta turdagi paxta xomashyosining eng kam xarid narxi 1 kg uchun 10 025 so‘mdan belgiladi, jahon bozorida esa narx ikki baravar past bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, paxta terimi jarayoni boshlangan, paxta narxi esa hozircha rasman belgilangani yo‘q.







