Rossiya Daniyadagi konsulligini yopdi
Bu Moskvaning Kopengagenga javobidir.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Daniyadagi konsullik ishi to‘xtatilganini maʼlum qildi.
“Daniya rasmiylarining Rossiya diplomatik vakillari sonini qisqartirish bo‘yicha qarori munosabati bilan Daniyadagi elchixona konsullik bo‘limi o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
6 sentyabrdan boshlab Daniyadagi Rossiya fuqarolari har qanday konsullik masalalari bo‘yicha ariza va hujjatlarni topshirish imkoniga ega emas. Tayyor hujjatlar - pasport, vizalar, hujjatlar va sertifikatlar berish 25 sentyabrgacha amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Daniya Rossiya elchixonasi xodimlarini qisqartirishni eʼlon qilgandi.







