Dollar yana qimmatlashdi
MB 7 sentyabr uchun valyutalar kursini eʼlon qildi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7 sentyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 12,12 so‘mga qimmatlashdi va 12 142,11 so‘mni tashkil qildi. Yevro 5,18 so‘mga pastladi, 13 032,13 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl esa 0,24 so‘mga arzonlashib, 124,06 so‘mni tashkil qildi.







