Toshkentda daraxtlar qasddan quritib tashlandi
Oqibatda tabiatga 1 mlrd zarar yetkazilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Olmazor tumanida daraxtlar qasddan quritilayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Ekologiya vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, “Airport house builders” MCHJga tegishli bo‘lgan hududda jami 19 tup manzarali daraxtlarga qasddan quritish maqsadida zarar yetkazilgan.
Toshkent Botanika bog‘i xulosasiga ko‘ra, daraxtlar qurish holatiga kelib qolgan. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 1 milliard 97 million 184 ming so‘m zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.
Hozirda tegishli hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida prokuratura organlariga yuborilgan.







