O'zbekiston

Parkentda II–VI-asrlarga tegishli qabr topildi

Qabr ichidan qo‘lda yasalgan sopol idishlar ham chiqqan.

Parkentda II–VI-asrlarga tegishli qabr topildi

 

Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi “Kumushkon” MFYda II–VI-asrlarga tegishli qabr topildi. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi.

 

“Kumushkon” MFY Birdamlik ko‘chasidagi yo‘l chetida ichimlik suvi o‘tadigan polietilen trubalarni yer ostiga ko‘mish uchun qazilganda yerning ustki sathidan 50 sm pastlikdan o‘tov shaklidagi bo‘shliq ochilib qolgan. Bo‘shliqdan to‘qqiz dona sopol idishlar topilgan.

 

Arxeologlar tomonidan yuqorida manzili ko‘rsatilgan joy tekshirilganda balandligi —1.5 – 1.6 m, diametri 1.8 – 1.9 m, ichki shifti gumbaz shaklida bo‘lgan yer osti qurilmasi qadimiy qabr qo‘rg‘oni bo‘lgani aniqlandi. 

 

Qabrdan olingan sopol idishlar marhumlarni dafn etish chog‘ida qabrning chetlariga qo‘yib chiqilgan bo‘lgan. Ularning barchasi qo‘lda, yaʼni kulolchilik charxi yordamisiz yasalgan. Idishlarning ustiga qizg‘ish rangdagi suyuq angob (bo‘yoq) surtilgan. Ularni yasashda loyiga mayda qum-toshlar, maydalangan ohaktoshlar aralashtirilgan. 

 

Bu topilgan idishlarning uch donasi bir baldoqli ko‘za, bir donasi ikki baldoqli tuvak, ikki donasi bir baldoqli qadah (krujka), ikki donasi kosa va bir donasi piyola bo‘lib, aftidan ular suyuqlik quyilib qabrga qo‘yilgan. Suyuqliklar uzoq yillar davomida parlanib yo‘q bo‘lib ketgan. Faqatgina ko‘zalardan birida sut qaymog‘ining kukun shaklidagi qoldiqlari saqlangan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Parkentda II–VI-asrlarga tegishli qabr topildi | Zamon.uz