O'zbekiston

BAAda tazyiqqa uchragan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

O‘zini ish beruvchi deb atagan shaxs o‘zbekistonliklarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari olib qo‘ygan va turli bahonalarni ro‘kach qilib qaytarib bermagan.

BAAda tazyiqqa uchragan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

 

O‘zbekiston diplomatlari Birlashgan Arab Amirliklarda qiyin ahvolda tushib qolgan o‘zbekistonliklar M.U. va D.K.ni vatanga qaytishida amaliy yordam ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

 

M.U. va D.K. Bosh konsullikka qilgan murojaatida BAAga yolg‘on va’dalarga ishonib kelib qolganlarini va ish beruvchi tomonidan doimiy ravishda tazyiq o‘tkazilayotganini bayon etgan.

 

Jumladan, o‘zini ish beruvchi deb atagan shaxs o‘zbekistonliklarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari olib qo‘ygan va turli bahonalarni ro‘kach qilib qaytarib bermagan.

 

O‘zbekiston diplomatlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida M.U. va D.K.ning pasportlari qaytarib olindi. Faol vatandoshlar ko‘magida ularning vatanga qaytishi uchun bepul aviachipta olib berildi.

 

O‘zbekistonliklar Uzbekistan Airways kompaniyasining Dubay-Toshkent havo qatnovi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

BAAda tazyiqqa uchragan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi | Zamon.uz