BMT: Afg‘onistonda metamfetamin savdosi keskin oshdi
"Tolibon" buni rad etmoqda.

«Tolibon» Afg‘onistonda afyun ko‘knorisini taqiqlaganidan so‘ng sintetik metamfetamin narkotiki savdosi hajmi keskin oshdi- deb yozadi BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hisobotiga tayanib.
BMT maʼlumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston va qo‘shni mamlakatlarda giyohvand moddalar bo‘yicha reydlar chog‘ida qo‘lga kiritilgan metamfetamin miqdori 12 baravarga oshgan – 2017 yildagi 2,5 tonnadan 2021 yilda 29,7 tonnagacha. BMT ekspertlari bu o‘sishni Afg‘onistonda sintetik giyohvand moddalar ishlab chiqarishning kengayishi bilan izohlaydi.
«Tolibon» rasmiylari BMT bayonotlarini rad etib, ularni «asossiz ayblovlar» deb atadi. Ichki ishlar vazirligi vakilining aytishicha, harakat giyohvand moddalarga qarshi “jiddiy” kurashyapti.
BMT maʼlumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda metamfetamin mamlakatda mavjud bo‘lgan o‘simliklardan kamroq ishlab chiqariladi va ko‘proq shamollashni davolashda qo‘llanadi.
«Afg‘onistonda va uning atrofida noqonuniy metamfetamin ishlab chiqarishni yana-da kengaytirishni to‘xtatish uchun zarur bo‘lgan harakatlarni mintaqaviy muvofiqlashtirish lozim», — dedi BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Gada Vali.







