Narendra Modidan Shavkat Mirziyoyevgacha: ijtimoiy tarmoqlarda faol siyosatchilar

Dunyo yetakchilari asosan qanday tarmoqlardan foylanadi? Ularning “podpischik”lari qancha?

Narendra Modidan Shavkat Mirziyoyevgacha: ijtimoiy tarmoqlarda faol siyosatchilar

 

Dunyo yetakchilari asosan, qanday tarmoqlardan foylanadi? Ularning "podpischik"lari qancha? Qiziqarli siyosat sahifasining bu galgi sonida internetda ham faol rahbarlar haqida maʼlumot beramiz.

 

Kepios raqamli konsalting firmasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, qariyb 5 milliard odam yoki dunyo aholisining 60,6 foizi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanuvchi hisoblanadi.

 

O‘rtacha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi yettita platformaga ulangan, ulardan eng ommaboplari — WhatsApp, Instagram, X, Facebook va Telegram. Hatto, bu tarmoqlar dunyo yetakchilarini ham, allaqachon, o‘z “qarmog‘iga ilintirib” ulgurgan. Qiziqarli siyosat sahifasining bu galgi sonida internetda faol bo‘lgan siyosatchilar haqida maʼlumot beramiz.

 

Kepios o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, tarmoqlarda eng ko‘p kuzatilgan siyosatchilardan bir — Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi. Uning X (sobiq Twitter)da 91,6 million obunachisi bor: World of Statistics maʼlumotlariga ko‘ra, Modining internetdagi sahifalari eng ko‘p kuzatuvchiga ega akkauntlar orasida 8-o‘rinda turadi. Modi Instagram‘da ham juda faol. Uni 78,6 million odam kuzatadi.  Facebook‘da esa 48 million obunachisi bor.

 

 

 

AQSH prezidenti Jo Bayden keksa bo‘lishiga qaramay, uni Facebook, X va Instagram‘da bir emas ikkitadan akkaunti bor. Amerika yetakchisining Facebook sahifalarini 11 million, X‘ini 33,2 (37,4) million kishi kuzatadi. Ammo Bayden Instagram‘da uncha faol emas – 19,6 (17,4) million obunachiga ega.

 

 

 

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Instagram‘da katta auditoriyaga ega. Uning 55,1 million obunachisi bor. X‘da uni  20 million, Facebook‘da esa 10 million “podpischigi” bor.

 

 

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Instagram‘dagi eng katta auditoriyaga ega obunachilardan. Uni ayni paytda 16,9 million muxlisga ega. Bundan tashqari, Ukraina yetakchisini 7,3 million X‘da, 3,2 million Facebook foydalanuvchisi kuzatib bormoqda. Shuningdek, Zelenskiy Telegram‘da ham juda faol. 

 

 

 

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampni esa X‘da 87,3 million, Facebook‘da 34 million, Instagram‘da 23, 4 million odam kuzatadi.

 

 

 

Braziliya prezidenti Luis Ignasio Lulu da Silvaning Instagram‘i ham uning boshqa ijtimoiy tarmoqlariga qaraganda mashhurroq – 13 million obunachiga ega. Shuningdek, uning X‘da 8,1 million, Facebook‘da 5,6 million obunachisi bor.

 

 

 

Meksika prezidenti Andres Manuel ayni vaqtda Facebook‘da 4,9 million, X‘da 10,1 million, Instagram‘da 1,3 million odamning diqqat markazida.

 

 

 

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning X‘da 9,4 million, Telegram‘da 20,8 ming, Facebook‘da 4,7 million, Instagram‘da 3,2 million obunachisi bor.

 

 

 

Rishi Sunakning X‘da 2,1 million va Instagram‘da 2,3 million obunachisi bor. Facebook‘da esa uni atigi 0,5 million foydalanuvchisi bor xolos.

 

 

 

Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari ham zamon bilan hamnafas. Ular ham faoliyatini doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarga joylab boradi. Odatda, ularning rasmiy sahifalarini matbuot kotiblari yuritadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy tarmoqlar eng ko‘p obunachiga ega siyosatchi hisoblanadi. Xususan, Davlat rahbari Telegram‘da 172,6 ming, Facebook‘da 386 ming, Instagram‘da 4,7 million, X‘da esa 140,7 ming obunachiga ega.

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

U bilan birga tovlamachilik qilgan bloger Aziz G‘oipnazarov ham sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroga bankdagi tanishlari orqali kredit chiqarib berishni va’da qilgan.

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Bahriddin Ro‘ziyev Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va xalqaro logistika markazini tashkil etish ishlariga hissa qo‘shgan.

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

Uning nomzodini ro‘yxatga olish bo‘yicha yakuniy qarorni Markaziy saylov komissiyasi qabul qiladi.

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Qutqaruvchilar vayronalar ostida boshqa qurbonlar bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Farg‘ona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi.

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

U va kadastr idorasi mansabdori fuqarodan auksion orqali arzon narxda yer olib berish evaziga pul talab qilgan.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.