Jahon

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

Uning nomzodini ro‘yxatga olish bo‘yicha yakuniy qarorni Markaziy saylov komissiyasi qabul qiladi.

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

 

Qirg‘izistonning amaldagi prezidenti Sadir Japarov navbatdagi prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun 60 ming saylovchining imzosini to‘pladi. Bu nomzodni ro‘yxatga olish uchun talab etiladigan eng kam ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p.

 

Qirg‘iziston Markaziy saylov va referendumlar komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Japarov imzo to‘plashning belgilangan maksimal soniga erishgan. Prezidentlikka nomzod ro‘yxatdan o‘tishi uchun kamida 30 ming saylovchining qo‘llab-quvvatlashini olishi kerak.

 

Imzolar an’anaviy shaklda hamda “Tunduk” davlat portali orqali elektron tarzda yig‘ilmoqda. Biroq belgilangan miqdordagi imzolarni to‘plash nomzodning avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tishini anglatmaydi. Yakuniy qaror Markaziy saylov komissiyasi hujjatlarni tekshirishi va qonunchilikdagi barcha talablar bajarilganini tasdiqlashidan so‘ng qabul qilinadi.

 

Sadir Japarov 10-noyabr kuni o‘z nomzodini ilgari surgan. Nomzodlarni ko‘rsatish jarayoni 13-noyabrgacha davom etadi.

 

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari 2027-yil 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Qutqaruvchilar vayronalar ostida boshqa qurbonlar bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning O‘rmon xo‘jaligida qo‘llaniladigan Smart Forestry raqamli platformasiga kirish izlari ham aniqlangan.

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Kemalarga hujumlar davom etayotgani ortidan jahon bozorida neft narxi yana ko‘tarildi.

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Kamchatkada sayyohlik bazasi qorovuli ayiq hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarga belgilangan.

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Ushbu chora migrantlarning ishlamaydigan yaqinlari Rossiyada qolishini cheklashga qaratilgan.

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

O‘tgan yili e’lon qilingan sulhdan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1600 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Ko‘rish masofasi ayrim joylarda atigi 10 metrgacha qisqarishi oqibatida Bolgariyada yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.