O'zbekiston

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Bahriddin Ro‘ziyev Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va xalqaro logistika markazini tashkil etish ishlariga hissa qo‘shgan.

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

 

Davlat va jamoat arbobi, Navoiy viloyatining sobiq hokimi, mehnat faxriysi Bahriddin Murtazayevich Ro‘ziyev 11-noyabr kuni 76 yoshida vafot etdi. Bu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti hamdardlik bildirdi.

 

Bahriddin Ro‘ziyev 1950-yil 23-avgustda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini Karmana tumani yo‘l qurilishi birlashmasida avtochilangar sifatida boshlagan. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda Toshkent politexnika institutida muhandis-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. Keyinchalik Moskva ijtimoiy fanlar akademiyasida ham o‘qigan.

 

U Navoiy viloyatida yoshlar tashkilotlari va turli boshqaruv idoralarida mas’ul lavozimlarda ishlagan. Mustaqillikning dastlabki yillarida Navoiy viloyati gazlashtirish boshqarmasi va hududiy kommunal foydalanish boshqarmasiga rahbarlik qilgan, Konimex tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

 

2002-yilda Navoiy viloyati hokimi etib tayinlangan Bahriddin Ro‘ziyev hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, sanoat va ishlab chiqarish sohalarini kengaytirish, investitsiyalar jalb qilish, fermerlik harakatini shakllantirish hamda aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishlarida faoliyat olib borgan.

 

U, ayniqsa, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasini tashkil etish va Navoiy xalqaro aeroporti negizida xalqaro logistika markazini barpo qilish ishlariga katta hissa qo‘shgan.

 

Keyingi yillarda faxriylar tashkiloti a’zosi sifatida ham jamoat ishlarida faol qatnashgan. Boy tajribasi va maslahatlari bilan turli sohalarni rivojlantirish, yosh kadrlarni tarbiyalash hamda ularni vatanparvarlik ruhida kamol toptirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etgan.

 

Prezident hamdardlik murojaatida Bahriddin Ro‘ziyevni taniqli davlat va jamoat arbobi, samimiy va kamtarin inson, yoshlarning mehribon ustozi sifatida e’tirof etib, uning xotirasi qalblarda hamisha saqlanib qolishini ta’kidladi.

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroga bankdagi tanishlari orqali kredit chiqarib berishni va’da qilgan.

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Farg‘ona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi.

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

U va kadastr idorasi mansabdori fuqarodan auksion orqali arzon narxda yer olib berish evaziga pul talab qilgan.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Markaziy bank tekshiruvlari natijasi: 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkiloti jarimaga tortildi

Markaziy bank tekshiruvlari natijasi: 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkiloti jarimaga tortildi

Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan oktabr oyida 43 ta masalani ko‘rib chiqildi.

“Oltin qalam” AQSHga ham yetib bordi: Vashingtonda taqdirlash marosimi o‘tkazildi

“Oltin qalam” AQSHga ham yetib bordi: Vashingtonda taqdirlash marosimi o‘tkazildi

AQSH poytaxtida Viktor Gotevbe va Jeyms Dursoga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolik guvohnomalari berildi.

“Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda egallagan hududlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi” —  Zelenskiy

“Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda egallagan hududlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Rossiya delegatsiyasi Donbassning Kiyev nazoratida qolayotgan hududlarini ham bosib olingan deb da’vo qilganini aytdi.

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

Xizmatlar hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 14,2 foizga oshgan.