O'zbekiston

O‘zbekiston TIV rahbari AQSHga bordi

Tashrif doirasida O‘zbekiston-Amerika IT-assotsiatsiyasi TechBridge loyihasiga start berilgan.

O‘zbekiston TIV rahbari AQSHga bordi

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya 3-7 sentyabr kunlari tashrif bilan AQSHda bo‘ldi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar qilindi.

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSH prezidentining maxsus yordamchisi Nikolas Berliner, Nyu-York meri Erik Adams, AQSH Senatining Ichki xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Gari Piters, Jahon banki vitse-prezidenti Antonella Bassani hamda AQSHning bir qator yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

Muzokaralar chog‘ida turli yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Tashrif doirasida axborot-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston-Amerika IT-assotsiatsiyasi TechBridge loyihasiga start berildi.

 

O‘zbekiston delegatsiyasi AQSH Kongressi kutubxonasi binosida davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ham ishtirok etdi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekiston TIV rahbari AQSHga bordi | Zamon.uz