O‘zbekistonda yer qimirladi
Zilzila episentri – Farg‘ona shahri.

Bugun, 11 sentyabr kuni soat 06:54 da O‘zbekistonda yer qimirladi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Episentr: Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri. Zilzila koordinatalari: 40,23 gradus shimoliy kenglik; 71,77 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda m=4,5. Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 244 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Farg‘ona viloyatida 4 ball, 17 km.
Andijon viloyatida 2-3 ball, 78 km.
Namangan viloyatida 2 ball, 86 km.







