Sherzod Rahmonov Narpay tumani hokimi bo‘ldi
Bu haqda tumanda o‘tkazilgan sessiyada maʼlum qilindi.

Sherzod Rahmonov Samarqand viloyati Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Narpay tumanida bo‘lib o‘tgan sessiya ishida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov so‘zga chiqib, tumanda olib borilayotgan ishlar, sektor rahbarlari va tuman tashkilotlari rahbarlari oldida turgan navbatdagi vazifalarga to‘xtalib o‘tgan.
Sessiyada deputatlar tomonidan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borayotgan Rahmonov Sherzod Shuhratovich Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.







