O‘zbekistonda o‘qituvchilarning maoshi 2 baravar oshiriladi
Bu natijaga 2030 yilgacha erishish belgilangan.

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘zi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2023 yil noyabr oyida:
-
«El-yurt umidi» jamg‘armasi ko‘magida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish rejasini ishlab chiqish;
-
umumiy o‘rta taʼlim maktablari rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Shuningdek,
— Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar taʼlim metodikasini barcha o‘rta taʼlim muassasalariga joriy qilish;
— 1 000 nafar pedagogni xorijga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish;
— 500 ming nafar MTT va maktab xodimlari malakasini uzluksiz oshirish;
— pedagog kadrlarni to‘liq davlat granti asosida tayyorlash tizimini joriy qilish maqsad qilingan;
— Umumiy o‘rta taʼlim maktablari rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish vazifasi belgilandi.
Avvalroq, prezident maktab direktorlari va o‘rinbosarlarining oyligini oshirish haqida topshiriq bergan edi.







