Prezident Tojikiston va AQSHga tashrif buyuradi
Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lumot berdi

Shavkat Mirziyoyev 14-15 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘ladi. Bu yerda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi hamda Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, keyingi haftada O‘zbekiston prezidenti AQSHga jo‘nab ketadi. Sh.Mirziyoyev Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi umumsiyosiy munozaralarida nutq so‘zlaydi hamda "S5+1" formatidagi AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvida ishtirok etadi.







