Samarqandda odamlar fast food‘dan zaharlandi
Кuni kecha Angrenda uchta bog‘chada tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangandi.

Pastdarg‘om tumanidagi fast-food sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Merals” MCHJ faoliyatiga chek qo‘yildi.
Joriy yilning 13 sentyabr kuni bir nechta fuqarolar tuman tibbiyot birlashmasiga ko‘ngil aynishi, qayt qilishi va boshqa og‘riqlar bilan murojaat qilishgan.
Holat o‘rganilganda ushbu fuqarolar Pastdarg‘om tumanidagi “Merals” MCHJdan fast-food isteʼmol qilgani aniqlandi.
Hozirda mazkur holat Sanepidqo‘mita tomonidan to‘liq nazoratga olinib, surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Kuni kecha Angrenda uch bog‘cha tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangandi.







