Akademik Naim Karimov vafot etdi
Adabiyotshunos 91 yoshda edi.

Bugun, 17 sentyabr kuni adabiyotshunos olim va akademik Naim Karimov vafot etdi.
Naim Karimov 1932 yil 12 dekabrda Toshkentda tug‘ilgan. O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 1993 yilda unga filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi, 1994 yilda esa professor ilmiy unvoni berilgan.
Ilmiy faoliyati uchun Naim Karimov 1996 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.







