Akbar Jo‘rayev jahon chempioni bo‘ldi
U og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining -109 kg vazn toifasida supacha chiqqan ikki o‘zbekistonlik Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nuriddinov ikki kurash natijalariga ko‘ra, oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Dast ko‘tarishda 189 kg, siltab ko‘tarishda 227 kg va ikki kurashda 415 kg natija qayd etgan Jo‘rayev 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Dast ko‘tarish mashqidagi 180 kg Nurudinovni to‘rtinchi o‘rinda olib qoldi. Siltab ko‘tarishda 226 kg bilan oltin medalni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, umumiy hisobdagi 407 kg unga kumush medalni keltirdi.







