7 ta viloyatda sel-suv toshqini kutilmoqda
Bu haqda “O‘zgidromet” ogohlantirish bilan chiqdi.

Respublikaning 7 ta hududida sel-suv toshqini kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” ogohlantirish eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, ertaga O‘zbekistonga Volgabo‘yidan nam va salqin havo massasi kirib keladi. 19-20, 20-22 sentyabrda qator hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.
Kuchli yomg‘ir oqibatda 7 ta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Haftaning ikkinchi yarmida yana quruq havo kuzatiladi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi.







