Namanganda dahshatli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi
Hodisa Namangan–Toshkent yo‘lida yuz bergan.

Namanganda sodir bo‘lgan dahshatli YTHda 5 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Darakchi.uz nashri.
Holat bugun, 20 sentyabr kuni 07:30 larda Chust tumanida yuz bergan. Namangan–Toshkent yo‘nalishida harakatlangan VOLWO DAF rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tganligi oqibatida Damas va Labo o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida 5 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







