Siyosat

Prezidentning tarixiy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning AQSHga amaliy tashrifining tadbirlarga g‘oyat boy dasturi yakuniga yetdi.

Prezidentning tarixiy tashrifi yakunlandi

 

Shavkat Mirziyoyevning AQSHga amaliy tashrifining tadbirlarga g‘oyat boy dasturi yakuniga yetdi.

 

Davlatimiz rahbari Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasining umumsiyosiy munozaralarida nutq so‘zlab, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtaldi hamda global va mintaqaviy kun tartibining eng dolzarb masalalari yechimiga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilarining “S5+1” formatidagi birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Jozef Bayden ikki tomonlama uchrashuvda davlatlararo va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdi.

 

 

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel, Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol, Pokiston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar Kakar, shuningdek, nufuzli xalqaro tuzilmalar rahbarlari – BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala, Jahon banki guruhi prezidenti Adjay Banga, FIFA prezidenti Janni Infantino bilan muzokaralar o‘tkazdi.

 

 

Tashrifning ishbilarmonlik dasturi ham voqealarga boy bo‘ldi. O‘zbekiston yetakchisi AQSH biznesi vakillarining O‘zbekiston-Amerika savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiyasi hamda yirik transmilliy kompaniya va korporatsiyalar - «Air Products», “Citigroup”, “SNH”, «Boston Consulting Group», «GE HealthCare», “Oppenheimer”, “Cerberus”, “Cintana” rahbarlari bilan uchrashdi.

 

Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Prezidentning tarixiy tashrifi yakunlandi | Zamon.uz