OTMlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi maʼlum qildi.

1-kursga tavsiya etilganlar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 15 oktyabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda.
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OLiy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida OLiy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023 yilning 15 oktyabri etib belgilandi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkin.







