O‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda
4 ta harfning yangi shakli loyihasi eʼlon qilindi.

5 iyul kuni Shavkat Mirziyoyev toshkentlik saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvida “ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur” deya taʼkidlagan edi.
Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-nazariy konferensiya” bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada taklif sifatida Ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harflar birikmasi va tutuq belgisidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi eʼlon qilindi.
Bunda quyidagi 4 ta harf shaklini biroz o‘zgartirish taklif etilmoqda:
O‘ => Õ õ
G‘ => Ğ ğ
Ch => С с
Sh => Ş ş







