Siyosat

Kelasi yil O‘zbekistonda MDH adliya vazirlari yig‘iladi

Kengashga Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston adliya vazirlari kiradilar.

Kelasi yil O‘zbekistonda MDH adliya vazirlari yig‘iladi

 

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining 18-majlisi 2024 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

 

Tojikistonning Dushanbe shahrida MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining o‘n yettinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Tashkulov ishtirok etdi.


Majlis davomida Kengash a’zolari 2024 yilda MDHga a’zo davlatlar adliya vazirlari kengashiga raislik qilish O‘zbekistonga o‘tishi, 2024 yil uchun Kengashning Chora tadbirlar rejasining qabul qilinishi, 2027 yilni MDHda Huquqiy ma’rifat yil deb e’lon qilish va boshqa masalalarni muhokama qilishdi.


Adliya vaziri Tashkulov o‘z so‘zida O‘zbekistonda yuridik xizmat, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni optimallashtirish borasida erishilgan yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

"MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining 18-majlisini 2024 yilda O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib olindi", — deyiladi xabarda.

 

Ma’lumot uchun, Adliya vazirlari Kengashi MDH ishtirokchi davlatlarning davlat rahbarlari Kengashi va davlat hukumatlari rahbarlari Kengashining organi hisoblanib, o‘z vakolati doirasidagi masalalar, jumladan, adliya vazirliklari bilan hamkorlik qilish, MDH ishtirokchi davlatlari qonunchiligini uyg‘unlashtirish, ishtirokchi-davlatlarning huquqiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish kabi va boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi.


MDH Kengash a’zolari qatoriga O‘zbekiston 2019 yilda a’zo bo‘lgan. MDH Kengashiga Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston adliya vazirlari kiradilar.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Kelasi yil O‘zbekistonda MDH adliya vazirlari yig‘iladi | Zamon.uz