Jo Bayden yangi antirekord o‘rnatdi
Tashqi siyosat sohasida aholining 53 foizi Bayden faoliyatidan norozi.

So‘rovnomada ishtirok etganlarning 41 foizi AQSH prezidentining ish faoliyatini maʼqullaydi. Bu uning lavozimini egallaganidan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir.
O‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, AQSH fuqarolarining 51 foizi prezident faoliyatidan noroziligini bildirgan.
Shuningdek, tashqi siyosat sohasida 53% odam Baydenning faoliyatini maʼqullamayapti. Saylovchilarning 59 foizi uning prezidentligi davrida yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatdan norozi. Bundan tashqari, respondentlarning 74 foizi AQSHning 80 yoshli rahbari ruhiy va jismoniy salomatlikka ega emasligidan jiddiy qo‘rqishini aytdi.
Avvalroq Bayden jurnalistlarga maktabni 300 yil avval tugatganini aytgan edi. Agar u kelasi yilgi saylovlarda g‘alaba qozonsa, mamlakat tarixidagi eng keksa yetakchiga aylanadi.







