Mahallaga yangi vakolat topshirildi
Mahallalarda yangi lavozimlar joriy qilinmoqda.

Endi mahalladagi “beshlikka” soliqchi va ijtimoiy xodim ham qo‘shilib, birgalikda ishlaydigan “mahalla yettiligi” bo‘ladi. Bu haqda Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, aholini 3 ta daftarga kiritish, moddiy yordam, subsidiya va kredit ajratish kabi 70 dan ortiq masalalar mahallaning o‘zida, kollegial hal qilinadi.
Shuningdek, 3 ta daftarga beriladigan mablag‘lar Bandlik, Tadbirkorlik va Kasanachilik jamg‘armalaridan har bir mahallaga taqsimlab beriladi.
Yaʼni, mablag‘ni ishlatish mahallaning o‘ziga, “yettilik” ixtiyoriga beriladi.
“Bu – mahallaga ham vakolat, ham masʼuliyat degani”, - dedi prezident.
“Mahalla yettiligi”ning vazifalari:
➖mahalla raisi ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga ko‘maklashish;
➖hokim yordamchisi ishsizlarga ish topishga ko‘maklashish;
➖yoshlar yetakchisi yoshlarni sport, musiqa va to‘garaklarga jalb etish;
➖xotin-qizlar faoli ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;
➖soliq xodimi mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish;
➖ijtimoiy xodim yolg‘iz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kabi aniq vazifalar bilan shug‘ullanishi lozim.







