O‘zbekistonda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtab boshliqlari uchrashdi
Unda O‘zbekiston, AQSH, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston mudofaa vazirliklari delegatsiyalari ishtirok etdi.

Toshkentda O‘zbekiston, AQSH, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh shtablari boshliqlari mintaqaviy xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi.
Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtab boshliqlarining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston, AQSH, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston mudofaa vazirliklari delegatsiyalari ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov va AQSH Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Maykl Kurilla ochib berdi.
Konferensiya doirasida mintaqaviy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, gumanitar yordam va mintaqaviy barqarorlik kabi masalalar ko‘rib chiqildi.







