Rossiya BMT Inson huquqlari kengashiga qayta aʼzo bo‘lmoqchi
Aʼzolarni saylash 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy operatsiyasi ortidan chiqarib yuborilganidan so‘ng BMT Inson huquqlari kengashiga qayta aʼzo bo‘lishga harakat qilmoqda.
Hozirda BMT veb-saytida Rossiya 2024-2026 yillarga Inson huquqlari bo‘yicha kengash aʼzolarini saylash uchun nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Saylov 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak.
OAV maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari bo‘yicha kengashni "BMT tizimidagi asosiy organ" deb biladi.








