Toshkentda 3 ta mashina YTHga uchradi
YHXB holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

Bugun, 27 sentyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uchta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Holat soat 15:20 larda Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yuz bergan. Unda 1994 yilda tug‘ilgan U.O. boshqaruvida bo‘lgan Nexia–3, 1987 yilda tug‘ilgan S.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Labo hamda 1991 yilda tug‘ilgan M.J. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashgan.
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







