Sergelidagi yer usti metro bekati ham yengil shikastlangan
Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK maʼlum qildi.

"Toshkent metropoliteni" DUKning maʼlum qilishicha, yong‘in sodir bo‘lgan hududga yaqin bo‘lgan metropolitenning Yer usti halqa yo‘lining “Quruvchilar” bekatining meʼmoriy qismini yengil shikastlangan, ammo bu holat yo‘lovchi va poyezdlarning harakatiga taʼsir ko‘rsatmagan.
Barcha metro bekatlarida poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida olib borilmoqda.
Sergelidagi portlash natijasida hududga yaqin bo‘lgan metropolitenning Yer usti halqa yo‘lining “Quruvchilar” bekatining meʼmoriy qismiga yengil shikast yetgan. Bu holat yo‘lovchi va poyezdlarning harakatiga taʼsir ko‘rsatmagan.
Bugun, 28-sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani Quruvchilar dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 02:48 da hodisa ro‘y bergan hududga yetib borgan.
FVV yong‘in soat 05:02 da qurshab olingani, yong‘in maydoni qisqartirilib borilayotgani haqida xabar berdi.







