Tadqiqot: Odamlar 30 yoshga to‘lmagunicha ulg‘aymaydi
Kembrij universiteti professori 14 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan 297 nafar ko‘ngillining miyasini kuzatish uchun MRT skanerdan foydalangan.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, odamlar 30 yoshga to‘lmagunicha ulg‘aymaydi.
Neyrobiologlarning fikricha, 18 yoshli odam to‘laqonli voyaga etgan hisoblanmaydi, chunki uning miyasi bu yoshdan keyin ham sezilarli o‘zgarishlarga uchraydi.
Kembrij universiteti professori Piter Jonsning BBCga aytishicha, bolalikdan kattalikka o‘tish biz o‘ylagandan ham murakkabroq.
Jons va uning hamkasblari o‘z tadqiqotida 14 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan 297 nafar ko‘ngillining miyasini kuzatish uchun MRT skanerdan foydalangan va miya 18 yoshdan keyin ham rivojlanayotganligini aniqlagan.
Professorning fikricha, o‘smirlarga “kattalar”dek munosabatda bo‘lish faqat ijtimoiy sabablarga ko‘ra “qulay”.
Biroq uning aytishicha, tajribali jinoiy sudyalargina 19 yoshli sudlanuvchi va 30 yoshli jinoyatchi o‘rtasidagi farqni tushunadi.
"Bolalik va undan keyin darhol kattalik degan narsa yo‘q. Odamlar harakatda, ular trayektoriyada”, - dedi u.







