O'zbekiston

Belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan shaxsning yuk mashinasi musodara qilindi

Fuqaro 10 kun ichida ikkinchi marta shunday huquqbuzarlik sodir etgan.

Belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan shaxsning yuk mashinasi musodara qilindi

 

Qayd etilishicha, tumanning "Qorasaroy" mahallasidan oqib o‘tuvchi suv bo‘yiga qurilish chiqindilari to‘kib ketilgan. Mazkur holat esa hududdagi xonadonlardan biriga o‘rnatgan kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.

 

Tezkor ekologik surishtiruv ishlari natijasida chiqindilarni shu mahallaning Istiqlol ko‘chasida yashovchi fuqaro A.T. o‘zining "Zil" yuk mashinasi yordamida tashlagani aniqlangan.

 

Ta’kidlanishicha, A.T. avval ham shunday huquqbuzarlik sodir etgan va 2023-yilning 7-sentabr kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-1- moddasi (Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish) 3-qismi bilan dalolotnoma tuzilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh barobarida – 1 million 650 ming so‘m jarima qo‘llanilgan. Oradan 8 kun o‘tib esa fuqaro tomonidan takroriy huquqbuzarlik sodir etilgan.

 

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yuqoridagi moddasiga ko‘ra, huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, huquqbuzarlik quroli musodara qilinishi belgilab qo‘yilgan.

 

Shunga asosan, ayni damda A.T.ning transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilib, musodara qilinishi yuzasidan hujjatlar to‘plangan va sudga da’vo arizasi kiritilayotgani ma’lum qilingan.

custom img

“Odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

custom img

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.

custom img

Birinchi xato uchun tadbirkorga jarima emas, 10 kunlik muddat beriladi

Prezidentimiz jarima mablag‘ yig‘ish emas, tartib-intizom va profilaktikaga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.

custom img

Tadbirkorlar uchun “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi

10 milliard so‘mgacha kreditda garovning 75 foizi davlat, Biznesni kafolatlash kompaniyasi va banklar tomonidan ta’minlanadi.

custom img

Yangi tadbirkorlarga 200 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Prezident tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi.

custom img

O‘zbekistonda 27 milliard dollarlik 105 ta yirik loyiha boshlanadi

Jizzaxdagi AES, Olmaliqdagi to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, Yangi Toshkent aeroporti va yangi avtomobil yo‘llari — mamlakatda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar qatorida.

custom img

Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanmoqda — Prezident

Xorazmga qisqa davrda 4 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, 10 mingta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi.

custom img

Tadbirkorlar “biznesni boshlash”dan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tmoqda — Prezident

Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"