Uchquduqda sport zali yonib ketdi
Holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berildi.

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanidagi sport zalida yong‘in yuz berdi. Bu haqda tuman hokimligi maʼlum qildi.
Hodisa Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi Uchquduq hududiy boshqarmasiga qarashli “Yoshlar” sport zalida sodir bo‘lgan. Hozirda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘indan hech kim tan jarohati olmagan va talafot yetkazilmagan.







