Sergelidagi portlash sababi maʼlum bo‘ldi
Omborxonada kimyoviy moddalar saqlangani va ular o‘zaro reaksiyaga kirishgani aytilmoqda.

Toshkent shahrining Sergeli tumanida portlash sodir bo‘lgan omborda kimyoviy vositalar saqlangan. Bu haqda Bugun.uz nashri yozmoqda.
Birlamchi maʼlumotlarga ko‘ra, portlashga kimyoviy vositalarni saqlashda xavfsizlik qoidalari qo‘pol buzilishi sabab bo‘lgan.
Omborda xavfsizlik qoidalariga zid ravishda saqlangan kimyoviy vositalar o‘zaro reaksiyaga kirishgan. Buning oqibatida avval yong‘in kelib chiqqan, so‘ng kuchli portlash sodir bo‘lgan.
Hozirda mazkur hodisa ortidan IIV Tergov departamenti tomonidan JKning 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va «B» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







