O'zbekiston

Yoshlar yetakchisi o‘z nomini oqlayaptimi?

Hozirgi kunda ularga mahalladagi xonadonlar soniga qarab, 4 million so‘mdan 5 million so‘mgacha maosh to‘lanadi.

Yoshlar yetakchisi o‘z nomini oqlayaptimi?

 


Yoshlar yetakchisi o‘zi kim? Ularning faoliyatidan aholiga biron bir naf bormi?



        2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan maktablardagi yoshlar yetakchilari shtat birliklari qisqartirilib, uning o‘rniga respublikadagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Bu orqali Respublikamizdagi qariyb 10 mingga yaqin mahallada minglab yoshlar ish bilan ta’minlandi. 

 

        Hozirgi kunda ularga mahalladagi xonadonlar soniga qarab, 4 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha maosh to‘lanadi. Har chorakda eng ilg‘or 100 nafar yetakchi esa bir oylik maoshga teng pul mukofoti hamda «Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

 

        ✔️ Yoshlar yetakchisi nimaga kerak o‘zi? 


        O‘zbekiston umumiy aholisining 62,8 foizi — yoshlar. Yoshlar esa mamlakatning eng katta boyligi. Bugungi kunda turli zararli g‘oyalar ta’siriga tushgan, onlayn qimor o‘yinlariga berilgan yoki umrini besamar o‘tkazayotgan yoshlar ham yo‘q emas. Ularni ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini tashkil qilish, muammolarini o‘rganish va hal etish eng asosiy masala. Shuning uchun ham mahallalarda yoshlar yetakchilariga ehtiyoj sezilmoqda. Ularning zimmasidagi asosiy vazifa — o‘z mahalladoshlari, do‘stlari, o‘rtoqlarini to‘g‘ri yo‘lga boshlay olishi.

 

        Bu borada yaxshi natija ko‘rsatayotgan yetakchilar davlat e’tiboridan chetda emas. Masalan, 2022-2023 yillar davomida  220 nafar Yoshlar yetakchisi yuqori lavozimlarga ishga o‘tgan. Yana 11 nafar yetakchi Davlat mukofotlari bilan taqdirlandi, 210 nafari Milliy zaxira kadrlar safiga kiritildi.

 

        ✔️ Yoshlar yetakchilari ishtirokida qanday ishlar qilinyapti?


        — Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun 224 ming nafar yoshga qariyb 5,2 trillion so‘m kredit ajratildi;

 

        Misol uchun: Samarqand viloyati, Nurobod tumani “Sazag‘an” mahallasida yashovchi Karimov Furqat Xo‘jaqulovich o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu loyiha doirasida 300 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i olib mebel ishlab chiqarish (“Xumoyunshox sifat mebel” MCHJ) faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda 8 nafar mahalla yoshlarini doimiy bandligini ta’minlash bilan bir qatorda oylik aylanma mablag‘ hajmini 100 mln so‘mga yetkazgan.

 

        — Yoshlarni qishloq xo‘jaligida band qilish uchun 254,6 ming nafar yoshlarga 66,3 ming gektar ekin maydoni ajratildi;

 

        Misol uchun: Xorazm viloyati, Yangibozor tumani Shoirlar mahallasida yashovchi Yuldashev Og‘abek Otabek o‘g‘li “Yoshlar daftari”ga kiritilib, “Ye-Auksion” orqali 30 sotix yer maydoni ajratilgan. Bugungi kunda ushbu yer maydoniga “pomidor” poliz mahsulotini ekib 3,5 tonna hosil olishga, 14 mln so‘m daromad qilishga erishdi.

 

        — Yoshlarning ijtimoiy muammosini xal etish va bandligini ta’minlash uchun 525 ming yoshga “Yoshlar daftari”dan 892 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi;

 

        — 97 ming nafar talabaga 275 mlrd so‘m kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi;

 

        — Yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topishi hamda o‘zini o‘zi band qilishi uchun 55,5 ming nafariga 150 mlrd so‘mlik asbob-uskunalar va mehnat qurollari ajratildi, 13 ming nafar yigit-qiz haydovchilikka o‘qishi uchun 12 mlrd so‘m xarajat qoplab berildi;

 

        Misol uchun: Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi Intimoqov Nazar Xasan o‘g‘liga o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun kompyuter jamlanmasi olib berilgan. Bugungi kunda u avtomobillarning yaroqsiz shinalaridan bolalar uchun o‘yinchoqlar va ko‘rgazma qurollari yasash faoliyatini yo‘lga qo‘yib, ayni vaqtda oylik 7-8 mln so‘m daromad olishga erishmoqda. 

 

        — Yana 21 ming nafar yoshga 81 mlrd. so‘m safarbarlik chaqiruvi rezervi xarajatlari qoplab berildi;

 

        — Yoshlarni salomatligini tiklash maqsadida 39 ming nafariga 44,3 mlrd. so‘mlik davolanish xarajatlari to‘lab berildi;

 

        Misol uchun: Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida yashovchi Xaydarova Muxtasar Azamjon qizi “Og‘ir buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan davolanish maqsadida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Bugungi kunda “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 15 mln so‘m mablag‘ ajratilib, operatsiya qilinib sog‘lom hayotga qaytishiga ko‘maklashildi.

 


— 15 ming nafar yoshlarga tadbirkorlik va kasb-hunar hamda IT, horijiy tillarga o‘qishi uchun 28 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

 

        — Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Besh tashabbus olimpiadaci” tadbirlariga 11 mln nafar yoshlar jalb etildi. Gʻolib yosh sportchilarning mahallalarida 623 ta sport maydonchalari qurib foydalanishga topshirildi.

 

Xulosa:

        Yoshlar — ijtimoiy-siyosiy makonda muhim kuch, ularni qo‘llab-quvvatlash mamlakatning ertangi kuni farovon bo‘lishiga xizmat qiladi.

 

        Yoshlar yetakchilari tizimi yo‘lga qo‘yilgani yoshlarning murojaatlarini mahallaning o‘zida hal etish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash imkonini bermoqda. 

 

        “Yoshlar balansi”, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga mahalladagi har bir yoshning ijtimoiy, iqtisodiy hamda salomatlik holati yuzasidan ma’lumotlar doimiy kiritilishi imkoni yaratilganligi yoshlarni qiynayotgan savollarga javob topishni yanada yengillashtirdi.

 

        Yoshlar qanchalik bilimli, kasbli va hunarli bo‘lsa, mamlakat iqtisodiyoti shuncha taraqqiy etadi. Bu borada yetakchilar yoshlarga yaqin do‘st, maslahatgo‘y va ko‘makdosh bo‘lmoqda.

 

        Yoshlarning sirini, yurish-turishini mahalladagi yoshlar yaxshiroq biladi. Qaysi mahallada yoshlar yetakchisi o‘z nomi bilan yetakchi bo‘lsa, boshqalarni o‘z ortidan ergashtira olsa, o‘sha mahallada noxush holatlar kam bo‘ladi, o‘sha hudud farovon, yoshlari esa baxtliroq bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yoshlar yetakchisi o‘z nomini oqlayaptimi? | Zamon.uz