Jahon

So‘nggi 30 yildagi ilk tashrif: BMT missiyasi Tog‘li Qorabog‘ga keldi

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — zarur insonparvarlik yordami hajmini baholashdir.

So‘nggi 30 yildagi ilk tashrif: BMT missiyasi Tog‘li Qorabog‘ga keldi

 

Ozarboyjonning mintaqadagi harbiy amaliyotidan so‘ng arman aholisi tomonidan deyarli butunlay tashlab ketilgan Tog‘li Qorabog‘ga BMT missiyasi 30 yil ichida birinchi marta yetib keldi. Uning kelishi haqida 1 oktyabr kuni Boku rasmiylari xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, BMT missiyasining asosiy maqsadi zarur insonparvarlik yordami hajmini baholashdan iborat. O‘z navbatida, Tog‘li Qorabog‘dan o‘n minglab qochqinlarni qabul qilgan Armanistonda 1 oktyabr kuni Arsax (Tog‘li Qorabog‘) uchun milliy ibodat kuni bo‘lib o‘tdi. Butun mamlakat bo‘ylab ibodatxonalarda qo‘ng‘iroqlar chalindi. Barcha armanlarning oliy patriarxi Garegin II o‘z qarorgohi joylashgan Echmiadzin shahrida marosim o‘tkazdi. 

 

Eslatib o‘atmiz, Yerevan Ozarbayjonni Tog‘li Qorabog‘ hududidagi harakatlarda aybladi. 29-sentabr kuni Armaniston Ozarbayjonga qarshi BMT Xalqaro sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga rioya etishni talab qildi. 

 

Bundan tashqari, Yerevan Bokuni BMT va Qizil Xoch xodimlarining mintaqadagi arman aholisi bilan muloqotni taʼminlashga, tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi rasmiylari tomonidan berilgan fuqarolik holati dalolatnomalari guvohnomalarini haqiqiy deb tan olishga va arman madaniy merosining yodgorliklarini buzishni taqiqlashga chaqirdi.

 

Boku Tog‘li Qorabog‘dagi etnik armanlar haqidagi ayblovlarni rad etib, ularning huquqlari hurmat qilinishini bildirdi. 

custom img

Rossiya naqd rubl olib chiqishga cheklov qo‘ydi: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Jismoniy shaxslar uchun limit 1 mln rubl etib belgilandi, qoidani buzganlarda belgilangan limitdan ortiq summa olib qo‘yiladi.

custom img

4 davlat, yangi viza cheklovlari: AQSh kimlarga chora ko‘rdi?

AQSh Davlat departamenti yangi viza mexanizmi doimiy xususiyatga ega ekanini, yangi dalillar paydo bo‘lishi bilan qo‘shimcha cheklovlar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

Rossiya armiyasi yana kengaytiriladi: Putin yangi farmonni imzoladi

Qurolli Kuchlarning shtatdagi umumiy soni 2,44 million kishidan oshirildi.

custom img

“Men ularga hech narsa taklif qilganim yo‘q”: Tramp Eron sanksiyalarini yumshatish taklifini rad etdi

AQSH prezidenti muzlatilgan aktivlarni ochish taklifi berilgani haqidagi xabarlarni “yolg‘on” deb atadi.

custom img

“Pusan kelishuvi”: AQSH va Xitoy savdo sulhini uzaytirdi

Qaror Donald Tramp va Si Szinpinning Vashingtondagi uchrashuvi arafasida eʼlon qilindi.

custom img

Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob beradi — Peskov

Kreml vakili Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi turli nishonlarga zarba beryotganini maʼlum qildi.

custom img

Kaspiydagi mashg‘ulotlarda harbiylar qutqaruv nimchalarisiz qolgan — To‘qayev

Qozog‘iston prezidenti fojia sabablarini va xavfsizlik choralariga rioya etilishini tekshirishni topshirdi.

custom img

Bir avlod sigareta chekmaydi: 2015-yildan keyin tug‘ilganlarga umrbod tamaki taqiqi taklif qilinmoqda

Shuningdek, 2040-yildan boshlab tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni to‘liq to‘xtatish rejalashtirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"