Toshkentdagi shifoxonada bemor vafot etdi
Bunga shifokorlarning layoqatsizligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 3-sonli bolalar shifoxonasida shifokorlarning layoqatsizligi sababli bemor vafot etgani, muassasada tibbiy jihozlar va dori-darmonlar yetarli emasligiga doir post eʼlon qilindi. Holatga shahar SSB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning yanvar oyida yuz bergan bo‘lib, huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘rganilib, uning natijasi bo‘yicha javobgarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.







