Fransiyada Ukraina bayrog‘i olib tashlandi
Bunga Zelenskiyning Tog‘li Qorabog‘ haqidagi gaplari sabab bo‘ldi.

Fransiyaning janubi-sharqidagi Ven shahri maʼmuriyati Prezident Vladimir Zelenskiyning Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ haqidagi so‘zlari tufayli shahar meriyasi fasadidan Ukraina bayrog‘ini olib tashlashga qaror qildi.
Bayroq Vena meriyasi fasadiga 2022 yilning fevralida osilgan.
Meriyaning maʼlum qilishicha, bayroqni olib tashlash to‘g‘risidagi qaror Zelenskiyning Ozarbayjon Prezidenti bilan telefon orqali muloqotidan so‘ng aytgan bayonotlari munosabati bilan qabul qilingan.
Xususan, “Ukraina Prezidentining Aliyev bilan suhbatida davlatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligi tamoyillariga rioya qilish to‘g‘risidagi so‘nggi bayonotlari Tog‘li Qorabog‘da sodir bo‘layotgan inson huquqlarining buzilishi kontekstida savollar tug‘dirmoqda”.
Shahar rasmiylari: “Ozarbayjon gaz savdosidan Armanistonga qarshi harbiy harakatlarni moliyalashtirish uchun foydalanganiga eʼtibor bermaslik mumkin emas”, — deb hisoblaydi.
Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida 4 oktyabr kuni Aliyev bilan “mintaqaviy xavfsizlik, dolzarb muammolar va o‘zaro hamkorlik formatlarini” muhokama qilganini aytdi.







