Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi
Elchixona barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat qildi.
“Vaziyatning keskinlashgani munosabati bilan O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Konsullik bo‘limi O‘zbekiston fuqarolariga Isroildagi barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni, xavfsiz joylarda bo‘lishni va rasmiy organlar xabardor qilinmaguncha u yerni tark etmaslikni qatʼiy tavsiya qiladi”, — deyiladi murojaatda.
Kecha, 7 oktyabr kuni kechqurun Hamas tashkiloti Isroilga yangi raketa hujumlarini uyushtitrdi. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Hamas hujumi oqibatida kamida 250 nafar isrollik o‘ldirilgan, yaradorlar soni 1400 nafarni tashkil etmoqda.
“Al Jazeera” nashriga ko‘ra, Isroil armiyasining javob zarbalari natijasida G‘azoda 232 nafar falastinlik o‘ldirilgan, jabrlanganlar soni 1700 dan oshgan.







