O‘zbekistonda paxta tolasi narxlari eʼlon qilindimi?
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “paxta tolasining taxminiy narxlari eʼlon qilindi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, paxta tolasi narxlari Jahon bozorida shakllangan narxlar, paxta-to‘qimachilik klasterlari, kooperatsiyalar va fermer xo‘jaliklarining, masʼul etib belgilangan vazirlik va idoralarning takliflarini, shuningdek, paxta xomashyosini qayta ishlash, logistika va boshqa taalluqli xarajatlarni inobatga olgan holda hukumat tomonidan tasdiqlanadi, so‘ng barcha OAV orqali eʼlon qilinadi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda baʼzi maʼlumotlarni oxirigacha o‘rganib chiqilmasdan, bir yoqlama yondashuv asosida keng ommaga taqdim etish holatlari uchramoqda. Hozirgi tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", deyiladi xabarda.







