Isroilda qancha O‘zbekiston fuqarosi borligi maʼlum qilindi
O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarimizni Isroildagi yordamga muhtoj, yarador, bedarak yo‘qolgan va majburan hibsga olingan fuqarolarimiz haqida xabar berishga chaqirdi.

O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarimizni Isroildagi yordamga muhtoj, yarador, bedarak yo‘qolgan va majburan hibsga olingan fuqarolarimiz haqida xabar berishga chaqirdi.
"Isroil Davlatida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari DIQQATIGA!!!
Isroil hududida yordamga muhtoj, jabr kurgan, bedarak yo‘qolgan va majburiy ushlab turilgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha O‘zbekistonning Isroildagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni va xabar berishingizni so‘raymiz.
Murojaat uchun telefon raqamlar:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076", — deyiladi mamlakatimiz diplomatik missiyasi murojaatida.
Elchixona maʼlumotlariga ko‘ra, Isroilda 10 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi istiqomat qiladi va vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi.







