Urush Zelenskiyning sillasini quritdimi?
Ukraina yetakchisi urushdan keyin Prezidentlik saylovida ishtirok etmasligini aytdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush tugaganidan keyin ikkinchi muddatga saylanish istagida emasligini aytdi. Ammo urush paytida saylovlar o‘tkazilsa, u prezidentlikka nomzodini qo‘yadi. Bu haqda u Диги24 nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Agar urush davom etsa - ha, urush tugagan bo‘lsa - yo‘q. Urush paytida men qochib ketolmayman", - dedi Zelenskiy.
Prezident urush tugashining aniq sanasini aytmadi, biroq Ukraina “oxirgi bosqichda” ekanini taʼkidladi.







