Siyosat

Shavkat Mirziyoyev MDHning "Faxriy nishon"i bilan taqdirlandi

Bu mukofotga MDH mustahkamlanishida katta hissa qo‘shganlar loyiq ko‘riladi.

Shavkat Mirziyoyev MDHning "Faxriy nishon"i bilan taqdirlandi

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni bugun, 13-oktabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida davlatlararo mukofot – MDHning "Faxriy nishon"i bilan taqdirlandi.

 

"Faxriy nishon" Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarov tomonidan topshirildi.

 

"Mirziyoyev do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, Markaziy Osiyo davlatlari va butun MDH davlatlari iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shdi", – deydi Sadir Japarov.

 

Japarov, shuningdek, Mirziyoyevning MDH mamlakatlari integratsiyasiga qo‘shgan hissasi, hamdo‘stlik doirasida ishbilarmonlik aloqalari va har tomonlama samarali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarini ham e’tirof etgan.

 

MDHning Faxriy nishoni MDHning oliy mukofoti sanaladi. U MDH Davlat rahbarlari kengashining 2002-yil 7-oktabrdagi qarori bilan ta’sis etilgan. Bu mukofotga MDH mustahkamlanishida katta hissa qo‘shganlar loyiq ko‘riladi.

 

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining yangi kampusini ochdi

Majmuada jami 20 ming nafar talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari hamda 5 ming o‘rinli talabalar turar joylari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Haydar Aliyev" ordeni, Prezident Ilhom Aliyev "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi

Marosimda ikki davlat rahbarining qardosh xalqlar o‘rtasidagi yaqinlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari alohida ta’kidlandi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishini o‘tkazdi

Bir qator sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga start berildi.

custom img

Ilhom Aliyev 23–24-avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

custom img

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi Mamay punkti qayta ochilishi mumkin

Shuningdek, Karben–Mamay avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Eron O‘zbekistonning AQSh-Isroil urushidagi pozitsiyasini olqishladi

Eron tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonning Tehronning AQSh va Isroilning harbiy tajovuziga oid pozitsiyasini yuqori baholab, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

custom img

Narendra Modi 28-avgust kuni O‘zbekistonga keladi

Tashrifdan so‘ng Hindiston bosh vaziri ShHT sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga boradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"