O'zbekiston

Captiva–5 sotuvi boshlanadi: avtomobil narxlari maʼlum qilindi

Avtomobil narxlari 350 million so‘mgacha bo‘ladi.

Captiva–5 sotuvi boshlanadi: avtomobil narxlari maʼlum qilindi


Chevrolet Captiva (Captiva–5) sotuvi 2023-yilning oktyabr oyi yakunida boshlanishi kutilmoqda. “O‘zavtosanoat” vakili avtomobil narxlarini  maʼlum qildi.


Captiva–5 uchta komplektatsiyada sotuvga chiqariladi. Ularning narxlari quyidagicha:
LT1 (5 o‘rindiqli): 299 900 000 so‘m;
LT2 (7 o‘rindiqli): 319 900 000 so‘m;
Premier (7 o‘rindiqli): 349 900 000 so‘m.
Mazkur narxlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini ham hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

Avvalroq Captiva–5 sinovdan o‘tkazilayotgani, test jarayoni muvaffaqiyatli yakunlansa, avtomobil sotuvga chiqarilishi maʼlum qilgandi. Avtomobillar Xitoydan olib kelinadi.
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors 2021-yil sentyabrda Captiva–5 avtomobillari narxlarini eʼlon qilgandi.O‘shanda mazkur rusumdagi avtomobillar narxlari quyidagicha bo‘lgan:

boshlang‘ich LT komplektatsiya — 192 775 000 so‘m;
LT komplektatsiya 5 o‘rinli —238 086 957 so‘m;
LT komplektatsiya 7 o‘rinli — 244 782 609 so‘m ;
Premier komplektatsiya 7 o‘rinli — 269 478 261 so‘m.

Kompaniya xabarida ushbu narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan. UzAutoSavdo tizimida esa QQS bilan qo‘shib hisoblaganda, premier komplektatsiya 309 900 000 so‘mdan, LT 7 esa 281 500 000 so‘mdan boshlanishi qayd etilgan, boshlang‘ich LT va LT 5 komplektatsiyalari narxlari esa keltirilmagan.

Oradan ko‘p o‘tmay, 2021-yilning noyabr oyida Captiva–5 sotuvi to‘xtatilgan.


Maʼlumot uchun, Captiva modeli O‘zbekiston bozoriga 2007-yilda kirib kelgan. O‘sha yilning oktabrida mamlakatda avtomobilni yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan. 2011-yilning sentyabri va 2017-yilning fevralida model yangilangan. 2018-yilning sentyabrida esa GM’ning global strategiyasiga muvofiq uni ishlab chiqarish to'xtatilgan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Captiva–5 sotuvi boshlanadi: avtomobil narxlari maʼlum qilindi | Zamon.uz