O'zbekiston

Prezident Chilonzordagi mahalla bog‘iga ko‘chat ekdi

Shu tariqa “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumiga start berildi.

Prezident Chilonzordagi mahalla bog‘iga ko‘chat ekdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumini boshlab berdi.

 

Davlat rahbari Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Oqtepa va Bog‘zor mahallalariga tashrifi chog‘ida jamoatchilik bilan birga ko‘chat ekdi.

 

 

Bu mavsumda 85 million tup ko‘chat o‘tqazilishi mo‘ljallangan. O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan har bir mahallaga 200 tadan ko‘chat bepul yetkazib beriladi. Shuningdek, 15 oktyabrdan barcha tuman va mahallalarda ko‘chat yarmarkasi tashkil qilinadi.

 

Mahalla aholisi bilan suhbatda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni haqida so‘z bordi.

 

 

"Bugun kelishimizdan maqsad - o‘tgan yilgi saboqdan natija nima bo‘lganini ko‘rish. Buning uchun kerakli qarorlar qabul qildik, katta mablag‘lar ajratdik. Xorijdan texnologiyalar, mutaxassislar olib keldik. Soha xodimlari qo‘shimcha o‘qitildi, ularning oyliklari oshirildi. Hozir rahbarlarga har bir mahalla, har bir ko‘p qavatli uy, maktab, shifoxonalarga kirib, issiqlikni kafolatlash bo‘yicha yana topshiriqlar berdim. Eng muhimi, bu borada xalq nazoratini yo‘lga qo‘yamiz. Shu bilan birga, energiya tejamkorlik madaniyatini oshirish kerak. Sizga o‘xshagan ko‘pni ko‘rgan insonlar, ziyolilar bunda namuna, davlatga ko‘makchi bo‘lishi zarur", — dedi davlat rahbari

 

Jamoatchilik vakillari kuz-qishga tayyorgarlikni, mamlakatdagi o‘zgarishlarni eʼtirof etib, o‘z uylari va barcha muassasalarda issiqlikni asrashda jonkuyar bo‘lishlarini taʼkidlashdi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident Chilonzordagi mahalla bog‘iga ko‘chat ekdi | Zamon.uz